Andijondagi ekspeditsiya natijalari: 50 ta artefakt saralab olindi
Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondidan Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun noyob ashyolar tanlab olindi.
3-ilmiy ekspeditsiya guruhi Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida tadqiqot ishlarini olib bordi. Muzeyning 5 ta filiali mavjud boʻlib, 1934 yilda tashkil etilgan muzeyda 160 mingga yaqin ashyo saqlanadi, shulardan 482 tasi taʼmirga muhtoj deb belgilangan.
Ekspeditsiya muzey direktori Ixtiyor Rasulov boshchiligida amalga oshirilmoqda. Guruh muzey fondidagi ashyolarni chuqur oʻrganib, markaz ekspozitsiyasiga mos keladigan 50 ta artefaktni saralab oldi. Bu noyob ashyolar "Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari", "Ikkinchi Renessans davri", "Oʻzbek xonliklari davri", "Oʻzbekiston XX asrda" davrlariga toʻgʻri keladi.
Tanlab olingan ushbu ashyolar kelgusida Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini mazmunan va vizual jihatdan boyitishda muhim oʻrin tutadi. Respublika miqyosidagi ekspeditsiyalar davomida boshqa hudud muzeylarida ham ushbu yoʻnalishdagi ishlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
