“Qutadgʻu bilig” dostoni qoʻlyozmasi faksimile nusxasini yaratish rejalashtirilmoqda
Buyuk alloma Yusuf Xos Hojib tomonidan XI asrda yozilgan “Qutadgʻu bilig” dostoni madaniy merosimizning bebaho durdonalaridan biridir. Bugungi kunda ushbu asarning nodir qoʻlyozmasi raqamlashtirilishi va faksimile nusxasi tayyorlanishi koʻzda tutilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida dostonning yozilish tarixi, tuzilishi, mazmuni va badiiy xususiyatlariga oid videorolik tayyorlanadi. Unda asarning tarixiy va adabiy ahamiyati keng yoritiladi. Shuningdek, “Qutadgʻu bilig”ning nodir nusxasidan tayyorlanadigan faksimile ekspozitsiyaga qoʻyiladi. Bu orqali tashrif buyuruvchilar asarni asl holatidagidek koʻrish imkoniga ega boʻladilar.
Ushbu tashabbus Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, ajdodlarimizdan meros boʻlib qolgan ilmiy va madaniy boyliklarni keng ommaga yetkazish yoʻlida muhim qadam sanaladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi