Oqsaroy mahobati: Oʻzbekistondagi megaloyihada Amir Temur sektori uchun tarixiy interer yechimlari muhokamada
Islom sivilizatsiyasi markazida “Ikkinchi Renessans” ekspozitsiyasining dizayniga bagʻishlangan navbatdagi muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda ekspozitsiya kontenti va uning gʻoyasiga mos dizayn yechimlari koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda Turkiyaning “Outdoor Factory” kompaniyasi mutaxassislari hamda madaniy meros sohasi vakillari ishtirok etdi. Ekspozitsiyada meʼmoriy anʼanalar, estetik tamoyillar va maʼnaviy ramzlarni zamonaviy dizayn orqali namoyon etish boʻyicha takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, Amir Temur sektori uchun Oqsaroy qudratini aks ettiruvchi interer yechimlari, tomoshabinda shohona muhit taassurotini uygʻotishga qaratilgan gʻoyalar qizgʻin muhokama qilindi.
"Amir Temur qudrati ramzlaridan biri — Oqsaroy butun mahobati bilan aks ettirilsa, Amir Temur sektoriga kirgan tomoshabin oʻzini ushbu saroyga kirgandek his qilishadi", — deydi kompaniya ijrochi direktori Sinan Turaman.
Ekspozitsiya muhitini loyihalashda tarixiy ruhni saqlash, milliylik va zamonaviylik uygʻunligi, maʼrifiy muhit yaratishga alohida eʼtibor qaratilgani taʼkidlandi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
