“Planet 9” kompaniyasi bilan Oʻzbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari koʻrib chiqildi

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning “Planet 9” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

 

“Planet 9” kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi “Vaqt devori” loyihasini amalga oshirish boʻyicha muhokama olib borildi.

 

 

Markaz ekspozitsiyasi Qurʼon zali, Islomgacha boʻlgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans” kabi zallarni oʻz ichiga oladi. Har bir zal boʻylab oʻtadigan “Vaqt devori” kompozitsiyasida turli davrlardagi oʻzgarishlar, madaniy yuksalish va kashfiyotlar, turli sulolalar va hukmdorlarning ilm-fan, madaniyat rivojiga qoʻshgan hissasi aks ettiriladi.

 

“Planet 9” kompaniyasi vakillari onlayn uchrashuv chogʻida “Islomdan avvalgi davr”, Birinchi va Ikkinchi Renessans” zallaridan oʻtadigan “Vaqt devori”da aks etadigan mavzular haqida oʻz fikrlarini bildirishdi.