OʻzISMda audiogidlar xizmat qiladi
Bugun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning "Antaleks" kompaniyasi vakillari bilan boʻlgan uchrashuvda bu haqda maʼlum qilindi.
Mazkur kompaniya yirik muzeylar, madaniyat muassasalari uchun audio va videomateriallar tayyorlab berish bilan shugʻullanadi.
Markaz ekspozitsiyasi uchun ham mahalliy va xorijiy auditoriyaga moʻljallangan audio va videokontentlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Mazkur uchrashuvda Markaz muzeyi, undagi ekspozitsiyalar, tarixiy davrlar, shaxslar va kashfiyotlar haqida audiohikoyalar yaratish boʻyicha hamkorlik qilish uchun muzokaralar olib borildi. Kompaniya vakillari oʻz faoliyati va amalga oshirgan loyihalari haqida maʼlumot berdi.
— Biz Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurchilar uchun turli tillarda audiogid xizmati koʻrsatish boʻyicha oʻz xizmatlarimizni taklif etmoqdamiz. Bu albatta, juda katta megaloyiha, shu bois u bilan ishlash biz uchun oson boʻlmaydi. Ammo, bu yirik tashabbusga munosib hissamizni qoʻshishimiz uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz, — dedi kompaniyaning Oʻzbekistondagi ijrochi direktori Bulat Shaymardanov.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
