Temuriylar davri madaniy merosi asosida tarixga yangicha yondashuv
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Ikkinchi Renessans" ekspozitsiyasi boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Unda ekspozitsiyada vizual kontentlarni ilmiy-tarixiy asosda toʻldirish, texnologiyalar orqali keng jamoatchilikka yetkazish kabi vazifalar belgilandi.
Loyiha 8 ta alohida sektorga ajratiladi. Har bir sektorda Temuriylar davrida yashab ijod etgan buyuk shaxslar, ularning ilmiy merosi va tarixiy xizmatlari keng yoritiladi. Loyihalar orqali yosh avlodda milliy iftixor, tarixiy xotira va intellektual merosga hurmat tuygʻulari mustahkamlanadi.
Ekspozitsiyada dunyoning yetakchi tajribalari asosida, tarixni milliy qahramonlar timsolida taqdim etish konsepsiyasi ilgari surildi. Bu maqsadda videoroliklar, interaktiv xaritalar, virtual sayohatlar kabi mediamahsulotlar ishlab chiqiladi.
Har bir kontent ilmiy asosda, texnologik yechimlar bilan boyitilib, ekspozitsiya tarkibida keng jamoatchilikka taqdim etiladi. Ushbu ekspozitsiya Yangi Oʻzbekiston tarixiy siyosatining muhim mazmunlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
