Buxoriy va Termiziy ilmiy merosiga oid loyihalar yaratiladi
Ilm-fan va maʼnaviyatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk allomalar – Imom Buxoriy va Imom Termiziy merosini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida bir qator loyihalar amalga oshiriladi.
Imom Buxoriyning muhaddis sifatida hadis ilmi rivojiga qoʻshgan benazir hissasini yoritish maqsadida uning hayoti davomida amalga oshirgan ilmiy safarlarini oʻzida aks ettiruvchi interaktiv xarita yaratiladi. Ushbu xarita orqali Imom Buxoriy bosib oʻtgan yoʻllar, tashrif buyurgan shaharlari va u yerda olgan ilmlari aniq geografik manzillar asosida namoyon etiladi.
Tayyorlangan kontentlar doimiy ekspozitsiya tarkibiga kiritiladi. Xarita orqali ilmiy va targʻibiy ishlar kengaytiriladi.
Oʻzbekiston va dunyo arxivlari hamda kutubxonalarida saqlanayotgan Imom Termiziyga oid asarlar, xususan, noyob qoʻlyozmalarni toʻplash va oʻrganish asosida elektron katalog shakllantiriladi.
Shuningdek, qoʻlyozmalarning elektron nusxalari va faksimilelari tayyorlanadi.
Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga bagʻishlangan videorolik yaratiladi.
Tayyor kontentlar ekspozitsiya tarkibiga kiritiladi va tadqiqotchilar hamda keng jamoatchilik uchun taqdim etiladi.
Ushbu loyihalar, nafaqat ilmiy-maʼrifiy ahamiyatga ega boʻlib, balki milliy oʻzlik va maʼnaviy merosni asrab-avaylash hamda yosh avlodga yetkazishda muhim qadam boʻladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
