“Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” boʻlimida ishlar qanday ketmoqda?
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Maxsus shtabida ishlar jadal surʼatlarda davom etmoqda. Markaz ekspozitsiyasini yanada boyitish maqsadida bir nechta yoʻnalishlar boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning sentabr oyigacha boʻlgan davrda ekspozitsiyani kengaytirish rejalashtirilgan boʻlib, bu jarayonda 10 ta yoʻnalish qamrab olinmoqda. Shuningdek, 5 ta asosiy zal turli eksponatlar bilan boyitilishi koʻzda tutilgan.
Jumladan, “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” boʻlimida ham faol ishlar olib borilmoqda. Ushbu ekspozitsiya faoliyati haqida boʻlim koordinatori Anvar Matniyozov quyidagilarni maʼlum qildi:
“Ishlar qizgʻin davom etmoqda. Sentabr oyiga qadar koʻplab loyihalarni amalga oshirishimiz lozim boʻladi. Bizning boʻlimda 6 ta sektor mavjud boʻlib, har biri oʻziga xos yoʻnalishda ishlamoqda. Nasib etsa, sentabrgacha birinchi bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab olamiz. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda esa ekspozitsiyani yanada boyitishga harakat qilamiz”.
Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bu keng qamrovli ishlar yurtimiz tarixiy merosini chuqurroq oʻrganish, uni xalqimiz va xorijlik mehmonlarga toʻlaqonli tarzda taqdim etish yoʻlida muhim qadamlardan biri sanaladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
