Loyihalardan amaliy bosqichga oʻtish ishlari jaddalashmoqda

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini shakllantirish ustida olib borilayotgan ishlar, faksimile va mulyajlar tayyorlash ishlarini jadal suratda olib borish, Ilmiy kengash yigʻilishi oʻtkazib, loyihalar masalasidan amaliy ish bosqichiga oʻtish kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov olib borgan muhokamada markaz xodimlari va ekspozitsiya rahbarlari, koordinatorlar ishtirok etishdi.


 


"Oʻzbekiston Prezidenti, hurmatli Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimini sentabr oyida boʻlishi kutilmoqda. Albatta, har biringizdan jiddiy yondashuv talab etiladi. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, bu hali boshlanishi, bizni oldinda buyuk kashfiyotlar va ilmiy ishlar kutmoqda. Vazifamiz barcha ekspozitsiyalar ustida chuqur ishlash va ishlarni iloji boricha tezlashtirish", — dedi markaz direktori.


Shu bilan birga immersiv shoular va “Vaqt devori” kabi loyihalar haqida ham firk almashildi.