Firdavs Fridunovich Abduxalikov
DIRЕKTOR

Firdavs Fridunovich Abduxoliqov

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, WOSCU boshqaruvi raisi, O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan yirik kitob-albomlar turkumi muallifi.

 

Tarjimayi hol:

 

Firdavs Fridunovich Abduxoliqov 1963-yil 10-avgustda Samarqand shahrida tugilgan. Otasi tomonidan jadid maʼrifatchisi, yozuvchi Mirzo Qo‘qonboy Abduxoliqovning, onasi tomonidan esa sanoatchi va sanʼat homiysi Mirzo Abdullo Buxoriyning evarasi hisoblanadi.

 

 

Maʼlumoti:

 

1980 – Samarqanddagi 16-sonli maktabni tamomlagan.

1980–1985 – Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, bakalavr darajasini olgan.

2001–2007 – shu universitetning iqtisodiyot fakultetida magistratura bosqichini tugatgan.

2023 – “O‘rta asr Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar badiiy talqini” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 

Mehnat faoliyati va loyihalar:

 

 Universitetni tamomlagach, Samarqand shahridagi 33-sonli kasb-hunar bilim yurtida o‘qituvchi sifatida ish boshlagan.

1987-yilda Samarqand poligrafiya bilim yurtining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

1988-yilda Samarqand viloyati Yoshlar markazi direktori vazifasiga tayinlanib, bir qator innovatsion loyihalarni amalga oshirgan, xususan, respublikada ilk yoshlar telestudiyasini tashkil etgan.

1990-yilda mamlakatdagi birinchi nodavlat teleradiokompaniya – STV (Samarqand TV)ni tashkil etib, unga rahbarlik qilgan. Kompaniya 1991-yil mart oyida efirga chiqishni boshlagan.

1996-yilda O‘zbekistonda birinchi nodavlat bosma ommaviy axborot vositasi – “Darakchi” gazetasiga asos solgan.

1998-yilda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II chaqiriq deputatligiga saylangan.

2002-yilda Toshkent shahrida “Poytaxt” axborot radiosini tashkil etgan.

2003-yilda O‘zbekiston nodavlat OAVlarini birlashtiruvchi yirik tashkilot – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA)ni tashkil etgan va unga rahbarlik qilgan.

2015-yilda Samarqanddagi Registon meʼmoriy majmuasida O‘zbekistonda ilk lazer shousi namoyishiga vasiylik va prodyuserlik qilgan.

2018-yilda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruvi raisi etib saylangan.

2019-yilda “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlangan. Ushbu tashkilot 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga aylantirilgan.

2024-yilda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari etib tayinlangan.

 

Ilmiy faoliyati:

 

Madaniy meros, epigrafika, sanʼatshunoslik va kartografiyaga bag‘ishlangan kitoblar, ilmiy maqolalar hamda tarixiy qo‘lyozmalarning faksimile nashrlari muallifi.

 

 

Kitoblar turkumi

O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida (80 jild)

O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar (20 jild)

 

 Sanʼatshunoslik va miniatyura bo‘yicha kitoblar

Moniyni xijolatda qoldirgan Kamoliddin Behzod

Orol va Amu sohillarida: qoraqalpoq sanʼati

O‘zbekiston sanʼati durdonalari. Kulolchilik

O‘zbekiston sanʼati durdonalari. Tasviriy sanʼat

O‘zbekiston sanʼati durdonalari. Badiiy metall

O‘zbekiston sanʼati durdonalari. Badiiy to‘qimachilik

Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar

 

 Etnografiya bo‘yicha kitoblar

Rishton kulolchiligi

Asriy anʼanalar davomchilari

 

Kartografiya bo‘yicha kitoblar

O‘zbekistonning tarixiy-kartografik namunalarda aks ettirilishi

 

Faksimile nashrlar

Katta Langar Qurʼoni

Devoni Husayniy (Husayn Boyqaro devoni)

Ravzat-us-Safo (Soflik bog‘i)

Zafarnoma

Kitob suvar al-kavokib (Qo‘zg‘almas yulduzlar kitobi)

Meʼrojnoma

 

 

Unvon va mukofotlar

 

 Davlat unvonlari

 O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan jurnalistfaxriy unvoni (2011-yil) – ommaviy axborot vositalaridagi ko‘p yillik mehnati va sohani rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun.

Mehnat shuhratiordeni (2018-yil) – iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiluvchi ulkan ishlari uchun.

 

Xalqaro unvonlar

VGIK faxriy professori unvoni (2023-yil) – kino taʼlimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi faol ishtiroki uchun.

Jahon So‘z akademiyasining faxriy akademigi (2024-yil) – dunyo mamlakatlari madaniyatini saqlash va rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun.

 

Xalqaro mukofotlar

Ibn Sino xalqaro mukofoti (2019-yil) – tibbiyot, maʼrifat va taʼlim sohasidagi yutuqlari uchun.

Qo‘rqut otakinofestivali xalqaro mukofoti (2021-yil) – Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun.

Qo‘rqut otakinofestivali xalqaro mukofoti (2023-yil) – Turkiy dunyo kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun

“Turon” xalqaro kinofestivali mukofoti (2024-yil) – jahon kino sanʼati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun.

 

Xalqaro mukofotlar

Tojikiston Respublikasi kinematografiya aʼlochisi ko‘krak nishoni (2021-yil) – Markaziy Osiyoda kinematografiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun.

Rossiya Fanlar akademiyasining akademik Xristian Danilovich Fren nomidagi medali (2023-yil) – akademik sharqshunoslik fanini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun.

VGIK 100 yilligiesdalik yubiley medali (2023-yil) – oliygoh faoliyatida faol ishtirok etganligi uchun.

TURKSOY medali (2023-yil) – Turkiy dunyo madaniyati va sanʼatiga qo‘shgan hissasi uchun.

TURKSOY Oltin medali (2024-yil) – Turkiy dunyo madaniyati va sanʼatiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun.

 

Xalqaro faxriy yorliqlar va diplomlar

Belarus Respublikasi Madaniyat vazirligining Faxriy yorlig‘i (2021-yil) – davlatlar o‘rtasida samarali hamkorlik va munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Faxriy yorlig‘i (2022-yil) – MDH davlatlarida kinematografiyani rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun.

Sankt-Peterburg Qonunchilik Majlisining Faxriy yorlig‘i (2022-yil) – madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, yuqori professionallik, maʼrifatparvarlik faoliyati hamda erishgan yutuqlari uchun.

“Yevrosiyo” xalqaro kinofestivalining Faxriy diplomi (2022-yil) – Yevrosiyoda festivallar harakatini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun.

 

Hukumat mukofotlari

O‘zbekiston belgisiko‘krak nishoni (2000-yil)

O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligiesdalik nishoni (2001-yil)

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yilligiesdalik nishoni (2011-yil)

O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yilesdalik nishoni (2016-yil)

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yilesdalik nishoni (2017-yil)

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiesdalik nishoni (2021-yil)

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligiesdalik nishoni (2022-yil)

 

Tashkilot va muassasalar taqdim etgan mukofotlar

 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Ehtirom” mukofoti (2018-yil)

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining Turizm fidoyisiko‘krak nishoni (2021-yil)

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi IIVga 30 yil esdalik nishoni (2021-yil)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Hamkorlik uchun” ko‘krak nishoni (2022-yil)

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga 80 yil” ko‘krak nishoni (2024-yil)

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni (2024-yil)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Hamkorlik uchun” ko‘krak nishoni (2024-yil) – Bosh prokuratura tarixi muzeyini tashkil etishda ko‘rsatilgan ko‘mak va yordam uchun

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Hamkorlik uchun” ko‘krak nishoni (2025-yil)

 

 Jamoatchilik mukofotlari

 

 Oltin qalammilliy mukofoti Gran-pri sovrindori (2011-yil)