Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan olimlar yetishib chiqishiga zamin yaratgan bilim va ma’rifat dini islom. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Xorazmiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk mutafakkirlarning boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish islom ta’limotini dunyoga targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyundagi qarori bilan Toshkent shahrida tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati ham ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati Markaz maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, uning faoliyatini mahalliy va xorijiy OAV da yoritish bilan shug‘ullanadi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, WOSCU boshqaruvi raisi, O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan yirik kitob-albomlar turkumi muallifi.