Toshkent shahrida oʻtkazilgan «Buyuk oʻtmish merosi — maʼrifatli kelajak asosi» xalqaro forumi doirasida Oʻzbekistonning “Mahalla” xayriya jamoat fondi tarixiy ahamiyatga ega qoʻlyozmalarni Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirdi.
Batafsil
1872 yilgi tilla hoshiyali Qurʼon va 1920 yilgi doston Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida namoyish etiladi
Toshkent shahrida oʻtkazilgan «Buyuk oʻtmish merosi — maʼrifatli kelajak asosi» xalqaro forumi doirasida Oʻzbekistonning “Mahalla” xayriya jamoat fondi tarixiy ahamiyatga ega qoʻlyozmalarni Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirdi.
Marosimda Fond Respublika boshqaruvi raisi Dilshodbek Usmonov ishtirokchilarga murojaat qilib, shunday dedi:
“Bu markaz davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan barpo etildi. Biz esa ushbu ulugʻvor ishga kichik boʻlsa-da,, hissa qoʻshish niyatida tarixiy qoʻlyozmalarni taqdim etmoqdamiz. Ular xalqimiz, yoshlarimiz hamda mehmonlar uchun maʼnaviy ozuqa va maʼrifat manbai boʻlishiga ishonamiz.”
Markaz kolleksiyasi ikki qimmatbaho asar bilan boyidi:
Qurʼoni Karim — hijriy 1289 / 1872 yilda Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida mashhur xattot Mir Muhammad Nuriy (Umar Rushadiyning shogirdi) tomonidan koʻchirilgan nusxa. Tilla hoshiyalar bilan bezatilgan ushbu qoʻlyozma 200 × 130 mm hajmga ega.
“Hazrati Shohmardon va Sayyid Battol Gʻoziy dostoni” — hijriy 1340 / 1920 yilda yozilgan adabiy asar. Oʻlchami 220 × 150 mm boʻlib, tarixiy-adabiy merosning noyob namunasi sifatida ekspozitsiyadan joy oldi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 26-27 sentabr kunlari boʻlib oʻtgan xalqaro ekspertlar forumida dunyoning 20 dan ortiq mamlakati va 100 dan ziyod mutaxassis ishtirok etdi. IRCICA, ICESCO, TURKSOY, Butunjahon Islom olami robitasi, Oksford universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasi, Christie’s kabi nufuzli tashkilotlar vakillari maʼruzalari bilan qatnashdi.
Olti asr avval ajdodlarimiz yaratgan dunyo xaritasini koʻrganmisiz?
Batafsil 
Tasavvur qiling, siz qarshingizda XV asrda chizilgan dunyo xaritasi turibdi. Bu oddiy xarita emas, balki Temuriylar davri tafakkuri va ilmiy salohiyatining yorqin namunasidir. Ushbu noyob xarita mashhur tarixchi va geograf Hofizi Abru qalamiga mansub boʻlib, uning “Geografiya” asari sahifalarida joy olgan.
Bugun esa Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Ikkinchi Renessans” boʻlimida bu asar bilan bir qatorda olimning yana bir yirik merosi – “Tarixi Hofizi Abru” asari ham namoyish etilmoqda.
Behdodindan chiqqan “oltin qalam” sohibi
Hofizi Abru 1361 yilda Xurosonning Xavof viloyatidagi Behdodin mavzesida tugʻilgan. Uning toʻliq ismi – Mavlono Shihobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid al-Bihdodiniy al-Xavofiy boʻlib, tarixga “Hofizi Abru” nomi bilan kirdi.
Yoshligidan Hamadonda taʼlim olgan olim Qurʼon, hadis, tafsir, tarix, geografiya, adabiyot, xattotlik va muhandislik fanlarida bilim orttirgan. Bu bilimlar keyinchalik uning tarixiy-geografik asarlarida yorqin namoyon boʻldi.
Hofizi Abru 1430 yil 24 iyunda vafot etgani haqida manbalarda qayd etilgan.
Amir Temur bilan uchrashuv
Harbiy yurishlari davomida Amir Temur tarixchilar va roviylarni oʻz safida olib yurib, tarixni yozib borishni yoʻlga qoʻygani maʼlum. Hofizi Abru aynan shu jarayonda buyuk sarkarda eʼtiboriga tushgan.
1384 yilda Temurning Xuroson va Eronga yurishi paytida Hofizi Abru Sohibqiron bilan uchrashgan va shu yillarda uning xizmatini boshlagan, deb taxmin qilinadi. Olimning “Zubdat at-Tavorix” asarida Temurning tarixga qiziqishi va tarixchilarga yaratgan imkoniyatlari haqida qimmatli maʼlumotlar keltiriladi.
Shohrux Mirzo davridagi ilmiy meros
Temur vafotidan keyin Hofizi Abru Shohrux Mirzo hukmronligi davrida Hirotda faoliyat yuritdi. U yerda olim tarixchi va geograf sifatida katta eʼtibor qozondi, saroydagi tarixchilar guruhiga rahbarlik qildi.
Umri davomida 10 dan ortiq asar va risolalar yaratgan Hofizi Abru, ayniqsa, “Tarixi Hofizi Abru” va “Geografiya” asarlari bilan tarixshunoslik va geografiya ilmida ulkan iz qoldirdi.
“Tarixi Hofizi Abru” asarida qadim zamonlardan to muallif yashagan davrgacha boʻlgan voqealar qamrab olingan. Sulolalar, ularning asoschilari, shajaralari va siyosiy voqealar izchil bayon etilgan.
“Ikkinchi Renessans” boʻlimi “Shohrux Mirzo sektori”da olimning OʻzR FA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan “Geografiya” asari ham joy olmoqda. U fors tilida yaratilgan ikkinchi yirik geografik asar boʻlib, birinchisi “Hudud ul-olam” nomida yozilgan. Bu mashhur tarixiy-geografik kitobda dunyoning doira shaklidagi xaritasi va boshqa bir qancha xaritalar berilgan. Bu asardagi dunyo xaritasi tushirilgan tasvir ham bu boʻlimdan joy olmoqda. Xaritaning muhim tomonlaridan biri – gradus toʻri chizilganidir, bu asarni geograflar Hofizi Abruning shoh asari deb hisoblaydilar. Asarda yer yuzidagi suvlar, togʻ-toshlar, mamlakatlar va ulardagi shahar-qishloqlar, shuningdek, Fors, Kirmon, Xurosonning batafsil geografiyasi va tarixi, Movarounnahr geografiyasi bayon etilgan. Xususan, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshab, Termiz kabi shaharlar hamda Jayxun, Sayxun, Murgʻob va boshqa daryolar, mamlakatlar, viloyatlarning kenglik va uzunliklari koʻrsatib oʻtilgan, masofalar hamda maydonlarni izohlovchi maʼlumotlar keltirilgan.
Noyob asarlar
Hofizi Abru qalamiga mansub eng muhim asarlar quyidagilar:
◾️“Hazrat Sohibqiron tarixi”
◾️“Tarixi Shohrux Mirzo”
◾️“Tarixi amiroye Sarbadoriya”
◾️“Majmuayi Hofizi Abru”
◾️“Majma at-tavorixi Sultoniya”
◾️“Zayl” asarlari
Bu asarlar XV asr Sharq tarixshunosligini chuqur oʻrganishda asosiy manba sifatida xizmat qilmoqda.
Ilmiy merosning zamonaviy ahamiyati
Hofizi Abru nafaqat tarixni qayd etgan, balki uni tahlil qilgan, davr ruhini batafsil ifodalagan. Uning asarlari hanuzgacha Sankt-Peterburg, Oksford va Toshkent kutubxonalarida saqlanib kelmoqda.
Bugungi kunda Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ulugʻ olimning asarlari keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. Bu esa oʻrta asr Sharq sivilizatsiyasining intellektual boyliklarini yanada yaqindan anglash imkonini beradi.
Hofizi Abru – Temuriylar davri tarixshunosligining “sultoni”, ilm va maʼrifatning abadiy ramzi sifatida yodda qolmoqda.
Gavhar Eshonqulova
Ushbu maqola Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining loyihalari doirasida amalga oshirilgan “Hofizi Abru va uning ilmiy merosi” medialoyihasi mualliflarining materiallari asosida tayyorlandi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasini mazmun va shakl jihatidan boyitish ishlari yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda. Har bir boʻlimni tarixiy davriylik asosida toʻgʻri va ilmiy tasvirlash, eksponatlarni toʻgʻri joylashtirish maqsadida amaliy jarayonlar qizgʻin surʼatda ...
Batafsil
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasini mazmun va shakl jihatidan boyitish ishlari yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda. Har bir boʻlimni tarixiy davriylik asosida toʻgʻri va ilmiy tasvirlash, eksponatlarni toʻgʻri joylashtirish maqsadida amaliy jarayonlar qizgʻin surʼatda davom etmoqda.
Ekspozitsiya uchun yurtimiz tarixini aks ettiruvchi turli osori-atiqalar, qadimiy ashyolar va tarixiy artefaktlar saralab olinmoqda. Ularning mavzuviy va davriy tegishliligi asosida alohida boʻlimlarga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov boshchiligida oʻtkazilgan navbatdagi muhokama yigʻilishida boʻlimlar koordinatorlari hamda xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirokida muhim materiallar muhokama qilindi. Xususan, WOSCU – Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan taqdim etilgan mashhur “Shotlandiya kolleksiyasi” hamda turli tarixiy hadyalar koʻrib chiqildi.
WOSCU tomonidan taqdim etilgan noyob eksponatlar quyidagicha taqsimlandi:
“Islomdan avvalgi davr” boʻlimi uchun — Sopollitepa buyumlari
“Birinchi Renessans” boʻlimi uchun — Afrosiyobdan topilgan, arabiy bitiklar bilan bezatilgan kulolchilik buyumlari
“Temuriylar – Ikkinchi Renessans” boʻlimi uchun — oʻsha davrga oid miniatyuralar
“Xonliklar davri” boʻlimi uchun — soʻzana, gilamlar va zargarlik buyumlari
Shuningdek, markazga hadya qilingan ashyolar orasidan ham har bir boʻlim uchun tarixiy va davriy jihatdan mos keladigan artefaktlar tanlab olindi. Ushbu obʼektlar muzey ekspozitsiyasida yuksak estetik va ilmiy mazmunda namoyon boʻlishi koʻzda tutilmoqda.
Mazkur saʼy-harakatlar Islom sivilizatsiyasi markazining muzeyshunoslikdagi nufuzini oshirish, xalqimiz va jahon jamoatchiligiga asl tarixni haqqoniy va taʼsirchan tarzda yetkazishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans” boʻlimiga bagʻishlangan navbatdagi muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Markaz rahbariyati, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tegishli vazirlik va idoralar, tarixchi olimlar, mustaqil tadqiqotchilar hamd...
Batafsil
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans” boʻlimiga bagʻishlangan navbatdagi muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Markaz rahbariyati, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tegishli vazirlik va idoralar, tarixchi olimlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda Rossiyaning yetakchi dizayn kompaniyalari — “Sila Sveta” va “Planet 9” mutaxassislari ishtirok etdi. Yigʻilishda boʻlim konsepsiyasi, vizual yechimlari va ekspozitsion mazmunini yanada boyitish masalalari keng qamrovda muhokama qilindi. Boʻlimda Yangi Oʻzbekistondagi tub islohotlar, ijtimoiy-siyosiy yangilanishlar, qurilish va infratuzilma, taʼlim, tibbiyot, sport, mudofaa, tashqi siyosat kabi sohalarda erishilayotgan yuksak natijalar zamonaviy vizual yechimlar asosida aks ettirilishi belgilangan.
Otabek Hasanov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari:
“Dastlab vazirlik va idoralarga boʻlim doirasidagi pavilonlar uchun mustaqil mazmun shakllantirish topshirilgan edi. Ammo ilk taqdimotlarda aniq gʻoyaviy konsepsiya yoʻqligi, natijalarnigina taqdim qilish bilan cheklanish holatlari kuzatildi. Shundan soʻng ilmiy tahlil va chuqur yondashuv orqali qayta muhokamalar oʻtkazildi. Haqiqiy islohotlar mohiyati ana shunda oydinlashdi”.

Taʼkidlash lozimki, mazkur boʻlim kelajak avlod uchun islohotlar, gʻoyalar va yangilanishlar makoni sifatida xizmat qilishi, ilmiy-tadqiqot markazining zamonaviy yuzini namoyon etishi koʻzda tutilgan. Yigʻilish davomida Rossiyaning nufuzli dizayn kompaniyalari – “Sila Sveta” va “Planeta 9” dizaynerlari oʻz taklif va innovatsion gʻoyalari bilan ishtirok etdi. Xususan:
3D formatdagi eksponatlar,
Sunʼiy intellekt orqali yaratilgan vizual shahar maketlari,
Tarixiy davrlarga mos kompozitsiyaviy yechimlar,
Ranglar psixologiyasiga asoslangan jozibali dizayn taklif qilindi.

Shuningdek, mahalla institutining jamiyatdagi oʻrni, milliy va zamonaviy meʼmorchilik yutuqlarini namoyon etuvchi alohida loyihalar boʻlimning ajralmas qismiga aylanishi zarurligi qayd etildi. Muhokamalarning markaziy mavzularidan biri – har bir eksponat orqali muayyan gʻoya, tarixiy va maʼnaviy xabarni yetkazish, texnologiya va mazmun uygʻunligini taʼminlash boʻldi. Markaz rahbari, Ilmiy kengash raisi Firdavs Abduxoliqov bu hali ishning boshlanishi ekanligini qayd etdi.
– Avvalo, ushbu boʻlim ekspozitsiyasini shakllantirishda, shuningdek, muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni yuqori darajada bajarishda faol ishtirok etayotgan barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga chuqur minnatdorlik bildirmoqchiman. Biroq bu hali ishning boshlanishi, oldimizda eng muhim bosqich — kontentni mazmunan boyitish vazifasi turibdi. Endi bizdan har bir detalga, har bir ekspozitsiyaga alohida eʼtibor bilan yondashish talab etiladi. Chunki bu boʻlim orqali nafaqat islohotlar tarixini, balki bugungi Oʻzbekistonning zamonaviy rivojlanish surʼatini xalqimizga haqqoniy, toʻliq va taʼsirli tarzda namoyish qilishimiz kerak. Bugun biz har qanday ilmiy asoslangan gʻoya, innovatsion yondashuv yoki ekspozitsiyani boyitishga xizmat qiladigan takliflarni tinglashga va amaliyotga joriy etishga tayyormiz. Bu yondashuv – kelajak avlodga qoldirayotgan muhim ilmiy-maʼnaviy merosimiz asosiga aylanadi“,
dedi F.Abduxoliqov.
Yigʻilish yakunida masʼul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar yuklatildi hamda keyingi amaliy bosqichlar boʻyicha muddatlar belgilab olindi.
Oʻzbekiston zamini qadim-qadimdan isteʼdodlar va allomalar diyori boʻlgan. Shunday ajdodimiz borki, u Hindistondagi Nandna qalʼasidagi oʻlchash ishlari orqali Yerning jugʻrofiy oʻlchamlarini aniqlaydi va oʻz hisob-kitoblari bilan hozirgi fanga yaqin natijalarga erishadi. Uchta nuqta orqali masofani ...
Batafsil
Oʻzbekiston zamini qadim-qadimdan isteʼdodlar va allomalar diyori boʻlgan. Shunday ajdodimiz borki, u Hindistondagi Nandna qalʼasidagi oʻlchash ishlari orqali Yerning jugʻrofiy oʻlchamlarini aniqlaydi va oʻz hisob-kitoblari bilan hozirgi fanga yaqin natijalarga erishadi. Uchta nuqta orqali masofani aniqlashda birinchi boʻlib chiziqli triangulyatsiya usulini qoʻllagan. Azimutni aniqlashdagi analitik usullari va radiusi birga teng boʻlgan aylana bilan ishlash uslublari ilmga yangi yondashuvlarni taqdim etadi. Uning faoliyatida astronomik asboblarni ixtiro qilish va ularni hisoblashlarda qoʻllash amaliyoti katta ahamiyatga ega.
Medialoyihadan oʻrin olgan qadimiy qoʻlyozma
Bu alloma serqirra Abu Rayhon Beruniydir. Uning eng qadimiy qoʻlyozmalaridan biri Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Qonuniy Masʼudiy” asari. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining "Oʻzbekistonning 100 qadimiy qoʻlyozmasi" medialoyihasidan ushbu qoʻlyozma ham joy olgan.
Beruniy “Masʼud qonuni”(“al-Qonun al-Masʼudiy”) asarini 1030 yildan keyin Gʻazna sultoni Masʼudga bagʻishlab yozadi. Unda matematik astronomiyaning asosiy qoidalari, yoritqichlarning koordinatlari, ularning harakatlanish tartiblarini hisoblab chiqarish yoʻllari batafsil tushuntirilgan. Bu kitobda bayon etilgan taʼlimotlarning aksariyatini Beruniy “Qurʼon” oyatlari bilan solishtirgan. Bu uning “Qurʼon”ni yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Shuningdek, mazkur kitobda Beruniy tuzgan yulduzlar jadvali – Beruniy ziji ham ilova qilingan boʻlib, mazkur jadvalda 1029 ta yulduzning koordinatalari va yulduzlar hajmi Ptolomey va arab astronomi as-Sufiy jadvallariga asoslanib berilgan.
Shveysariyalik sharqshunos va tarixchining eʼtirofi
Shveysariyalik sharqshunos va tarixchi Adam Mets IX asr oxiridan XIII asr boshlarigacha boʻlgan davrda musulmon olamidagi ilmiy va madaniy rivojlanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, bu davrni “Musulmon Renessansi” deb atagan. Bu yuksalish davrida Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar ilm-fanning deyarli barcha sohalarida faoliyat koʻrsatib, tarixiy taraqqiyotda muhim oʻrin tutdilar. Beruniy ushbu Renessansning eng yorqin va tengsiz namoyandalaridan biri sifatida tan olingan. Amerikalik fan tarixi mutaxassisi Jorj Sarton ham Beruniyning boy ilmiy faoliyatini yuqori baholab, XI asrni “Beruniy davri” deb atagan va u haqda “zamonasining ulugʻ olimi va hamma davrlarning ham eng ulugʻ siymosidir”, deb yozgan.
“Fihrist”da nimalar yozilgan?
Beruniy oʻz asarlarining roʻyxatini keltirgan “Fihrist” asarida 113 ta asarini qayd etgan, ularning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga bagʻishlangan. Shu bilan birga, u “Fihrist” tuzilgandan keyingi 13 yilda yana 50 dan ortiq asar yozgan, ular orasida tarix, dorishunoslik va dinshunoslikka oid muhim ishlar ham bor.
Eng koʻp shugʻullangan fan sohalari
Astronomiya Beruniyning eng koʻp shugʻullangan fan sohalaridan biri edi. Uning “Qonuni Masʼudiy” asari oʻrta asr musulmon astronomiyasining eng yirik ensiklopediyasi hisoblanadi. Unda yulduzlar jadvali (1029 yulduz), astronomik hisob-kitoblar, apogey harakatlari haqidagi tahlillar va sferik astronomiya muammolari oʻz aksini topgan. Uning bu asari nafaqat Tusiy va Mirzo Ulugʻbek rasadxonalarida asosiy darslik sifatida oʻqilgan, balki keyingi asrlarda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Shuningdek, Beruniy Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning astronomiyaga oid asariga uchta sharh yozgani ham uning ushbu sohadagi chuqur bilimlaridan dalolat beradi.
22 yoshdagi ulkan qadam
Beruniy 22 yoshida Yer globusini yaratib, u orqali Quyosh, Oy va yulduzlar proyeksiyalarini aks ettirgan. Bu nafaqat astronomiya, balki geografiya va taʼlim sohalarida ham ulkan qadam boʻlgan.
Qadimgi tillarni bilishi va koʻp manbalarni oʻrganishi uni yuksak darajadagi qomusiy olimga aylantirgan. U faqat maʼlumot yigʻuvchi emas, balki tahlilchi va tanqidchi sifatida ham ilmning taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan. Uning fanga, xususan xronologiya, astronomiya, matematika, geodeziya va geografiya sohalariga qoʻshgan hissasi uni oʻz davrining ulkan olimlaridan biri sifatida tan olishga toʻla asos boʻladi.
Durdona Rasulova
P/S:Maqoladan markaz rasmiy sayti havolasini koʻrsatgan holda foydalanish mumkin.
Har bir yangilik, har bir kashfiyot tarixning chuqur ildizlariga borib taqaladi. Bugungi tibbiyot ilm-fanining zamonaviy yutuqlari zamirida ming yillik tajriba, tafakkur va ilmiy izlanishlar mujassam. Ayniqsa, Sharq uygʻonish davrida yashab ijod qilgan tabiblar, ulamo va olimlarning ilmiy merosi bug...
Batafsil
Har bir yangilik, har bir kashfiyot tarixning chuqur ildizlariga borib taqaladi. Bugungi tibbiyot ilm-fanining zamonaviy yutuqlari zamirida ming yillik tajriba, tafakkur va ilmiy izlanishlar mujassam. Ayniqsa, Sharq uygʻonish davrida yashab ijod qilgan tabiblar, ulamo va olimlarning ilmiy merosi bugungi kunda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan. Ularning orasida Abu Mansur Hasan ibn Nuh al-Qumriy nomi alohida eʼtiborga loyiq.
Al-Qumriy oʻzining ilmiy salohiyati, amaliy tajribasi va keng qamrovli tibbiy bilimlari bilan nafaqat oʻz davrida, balki undan keyingi asrlarda ham eʼtirof etilgan siymolardan biridir. Uning asarlari, ayniqsa, “Kitob al-gʻina va-l-muna” va “Kitob at-tanvir fi-l-istilohot at-tibbiyya” nomli asarlari bugungi tibbiy fanlar uchun ham bebaho manba boʻlib xizmat qilmoqda. U nafaqat davolash usullari, balki tibbiy terminologiyani yaratish, parhezshunoslik va kasb axloqi borasida ham chuqur iz qoldirgan.
Al-Qumriy — amaliyotchi shifokor, nazariy olim, tibbiy terminologiyaning asoschilaridan biri va eng muhimi — buyuk Ibn Sinoning ustozlaridan biri sifatida tarixga kirgan. U oʻz faoliyatini faqat bemorlarni davolash bilan cheklanib qolmay, balki tibbiy bilimlarni tizimlashtirish, ularni avlodlarga yetkazish, ilmiy maktab yaratish yoʻlida izchil mehnat qilgan.
Bugun biz sogʻliqni saqlash, parhez, tashxis va davolash uslublarining rivojlanishini oʻrganarkanmiz, koʻp hollarda Gʻarb olimlariga murojaat qilamiz. Ammo unutmangki, yevropaliklar ilm-fan sari yoʻlga chiqqanlarida, Buxoroda al-Qumriy allaqachon zamonaviy tibbiyot asoslarini yozib boʻlgan edi.
Hayoti va ilmiy faoliyati
Abu Mansur al-Qumriy X asr boshlarida Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Uning hayoti va faoliyati shu shahar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, u Buxoro amirlarining saroy tabiblaridan biri sifatida tanilgan. Al-Qumriyning eng muhim tarixiy jihatlaridan biri shundaki, u yosh Abu Ali ibn Sino — keyinchalik jahon tibbiyotining sultoni sifatida tanilgan buyuk allomaga birinchi ustoz boʻlgan. Ibn Sino tibbiyotdagi dastlabki nazariy va amaliy saboqlarni aynan al-Qumriydan olganini tarixiy manbalar tasdiqlaydi. Bu esa al-Qumriyning ilmiy salohiyati va pedagogik mahoratining qanchalik yuksak boʻlganini koʻrsatadi.
Ilmiy merosi va asarlari
Tarixiy manbalarga koʻra, Abu Mansur al-Qumriy tabobatga oid sakkizta asar yozgan. Afsuski, ularning faqat ikkitasi bizgacha yetib kelgan. Shunday boʻlsa-da, ushbu ikki asarning oʻziyoq al-Qumriyning oʻz davri va undan keyingi avlodlar uchun naqadar muhim ilmiy meros qoldirganini yaqqol koʻrsatadi.

“Kitob al-gʻina va-l-muna” (“Mufassal va istalgan kitob”)
Bu asar inson tanasining barcha aʼzolarini davolashga bagʻishlangan boʻlib, oʻz zamonida keng tarqalgan va yuqori baholangan. Asarning 40 dan ortiq qoʻlyozma nusxalari Osiyo, Afrika va Yevropa kutubxonalarida saqlanmoqda. Bu esa al-Qumriy ilmiy qarashlarining xalqaro miqyosda tan olinganini anglatadi. Mazkur kitobda u oʻzidan oldin va oʻziga zamondosh boʻlgan 30 dan ortiq tabiblar haqida ham maʼlumotlar keltirgan. Bu esa uni nafaqat amaliy qoʻllanma, balki tarixiy manba sifatida ham qimmatliligini koʻrsatadi.
“Tibbiy istilohlarni yorituvchi kitob”
Ikkinchi asari — bu izohli tibbiy lugʻat boʻlib, unda 350 dan ortiq atama va ularning chuqur tahlillari keltirilgan. Bu asarda al-Qumriy oʻsha davrdagi parhez ovqatlar, ichimliklar, hatto maxsus tibbiy moslamalar haqida ham maʼlumot bergan. Qizigʻi shundaki, bu tushunchalar boshqa mashhur tibbiy manbalarda, jumladan, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”asarida ham uchramaydi. Demak, al-Qumriyning bu asari noyob va oʻziga xos ilmiy manba hisoblanadi.
Mazkur lugʻat XVI asrda Bobur va uning oʻgʻli Humoyun davrida Hindistonda yashagan tabib — Ismoil ibn Muhammad Yusuf tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. 1991 yilda esa ushbu asar rus tiliga tarjima qilinib, Toshkentda chop etilgan. Bugungi kunda ham xalq tabobatida bu asardan foydalanilmoqda.
Ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi
Abu Mansur al-Qumriy faqat oʻzining asarlari orqali emas, balki oʻzidan keyingi ulugʻ allomalarni tarbiyalash orqali ham ilm-fanga beqiyos hissa qoʻshgan. Ayniqsa, Ibn Sinoning shakllanishidagi roli tahsinga loyiq. U nafaqat Ibn Sinoning ustozlaridan biri, balki tibbiyotdagi ilk bilimlariga poydevor qoʻygan murabbiy boʻlgan. Shuning uchun ham al-Qumriy nomi nafaqat tarix sahifalarida, balki har bir ilmparvar qalbida ehtirom bilan tilga olinadi.
Abu Mansur al-Qumriy — bu nom oddiy tabib emas, balki ilm-fan yoʻlida umrini baxshida qilgan, oʻzining asarlari, shogirdlari va ilmiy yondashuvi orqali butun islom olami, hatto undan tashqarida ham chuqur iz qoldirgan alloma nomidir.
Bugungi kunda Abu Mansur al-Qumriy kabi buyuk allomalarimizning boy ilmiy merosini keng jamoatchilikka yetkazish, ayniqsa tibbiyot sohasi bilan shugʻullanayotgan yoshlarning ilmga qiziqishini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ushbu olimga bagʻishlangan maxsus ekspozitsiya tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur koʻrgazma orqali tashrif buyuruvchilar al-Qumriyning noyob qoʻlyozmalari, ilmiy qarashlari, davolash usullari va parhezga oid tavsiyalari bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, u zamonda shakllangan sogʻliqni saqlash madaniyatining tarixiy ildizlari ham ochib beriladi.
Bu tashabbus ajdodlarimizning boy ilmiy merosini asrab-avaylash, uni zamonaviy tibbiyot bilan uygʻunlashtirib, yosh avlodga ilhom manbai sifatida taqdim etish yoʻlida muhim qadamlardan biridir. Zero, oʻz olimlariga munosib ehtirom koʻrsatgan xalqgina sogʻlom jamiyat va barqaror kelajak sari dadil yoʻl oladi.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1047) qalamiga mansub boʻlgan bu asarda qadimgi xorazmiy, fors, arab, turk, yahudiy, hind, suryoniy va boshqa xalqlarning tarixi, tili, madaniyati, taqvimlari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, bu asar qadimgi dinlar, turli davrlarda yashagan sulolalar, po...
Batafsil
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1047) qalamiga mansub boʻlgan bu asarda qadimgi xorazmiy, fors, arab, turk, yahudiy, hind, suryoniy va boshqa xalqlarning tarixi, tili, madaniyati, taqvimlari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, bu asar qadimgi dinlar, turli davrlarda yashagan sulolalar, podshohlar haqida ham qimmatli maʼlumot beriladi. Asar milodiy 1000 yilda yaratilgan boʻlib, uning bir qancha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Shulardan eng qadimgi 1220 yilda Xorazmshohlar davrida koʻchirilgan.
Abu Rayhon Beruniy jahon fani tarixida qimmatbaho manba hisoblangan “Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) dastlabki asarini yozib, uni “Shams al-maoliy” laqabi bilan mashhur boʻlgan hukmdor Qobus ibn Vashmgirga bagʻishlagan. Qobus ibn Vashmgir hukmdorlar orasida ilm-maʼrifatli va adolatparvar inson hisoblangan. Oʻz saroyida boshpana berib, ilmiy ishlar olib borishga imkon yaratgan Jurjon hokimi Shams Maoliy Qobus ibn Vashmgir bagʻishlangan.

Abu Rayhon Beruniy bu asarini yozilishi haqida shunday yozgan: “Adiblardan biri mendan (turli) halqlar haqidagi tarixlar, ularning boshlanishlari va shoxobchalari, yaʼni oylar va yillari ustida u tarix egalarining ixtiloflari va bu ixtiloflar sabablari, mashhur bayramlar, turli vaqtlar va har xil yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning baʼzisi amal qilib, baʼzisi amal qilmaydigan boshqa (marosimlar) haqida soʻradi va meni imkon boricha ularni juda ravshan bayon etib, oʻquvchi fahmlaydigan, (turli) kitoblarni axtarish va u kitob egalarini surishtirishga ehtiyoj qoldirmaydigan (bir asar yozishga) daʼvat etdi”.
Beruniyning yozishicha, u “xalqqa adolatli, tangrining dini va xalqiga yordamchi, musulmonlar haramlarini qoʻriqlovchi, ular mulklarini talontarojlardan asrovchi yoʻlboshchi qilib, bandalarini oʻzidan minnatdor etdi”. Beruniy “Al-osor al-boqiya” asarida barcha mazhablarga nisbatan bagʻrikenglik bilan qarash tarafdori boʻlgan. Asar podshohlar va mashhur shaxslar tarixini yorituvchi va oʻsha davrning madaniyatini aks ettiruvchi tarixiy - etnografik asardir. Asarning qimmati shundaki, u islomgacha boʻlgan butun bir davr haqidagi yorqin tasavvurlarni bera olgan.
Mazkur asar Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhurdir. Bu asarni Jurjonda olim 27 yoshida, yaʼni 1000 yili arab tilida yozib tugallagan. Buyuk allomaning bu asarida Xorazm, Movarounnahr va Oʻrta Osiyoning boshqa mintaqalarda yashagan xalqlar haqida ham muhim tarixiy-etnografik maʼlumotlar bayon etilgan.
Ushbu asarda yunonlar, rumliklar, eroniylar, sugʻdiylar, xorazmliklar, harroniylar, qibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha davrdagi arablar, yil hisoblari bayram va mashhur kunlari, jumladan, Xitoy chegaralarigacha boʻlgan mintaqalarda yashovchi turkiy xalqlar, oʻgʻuz turklari va ularning eʼtiqodlari, urfodatlari hamda bayramlari bayon etilgan. Unda koʻp xalqlarning maʼnaviy hayoti va tarixiga oid maʼlumotlar mavjud.
Beruniyning Sugʻd va Xorazmga oid maʼlumotlari biz uchun ahamiyatlidir, chunki ularda tarix, din, urf-odat, odob-ahloq va anʼanalarning turli xalqlardagi koʻrinishlarini oʻrganb, har bir xalqning insoniyat taraqqiyotida oʻz oʻrnini ilmiy jihatdan isbotlab bergan.
Allomaning yozishicha, sugʻdiylarda, Movsat oyining birinchi kuni Navroʻz hisoblanadi. Muallif Xorazmliklar bayrami haqida alohida toʻxtalib, navsarjiy oyida yil boshi (Navroʻzdir) deb takidlagan.
Beruniy ushbu asarida Zardushtiylar bayram taqvimlari, boshqa turli sayillar hamda urf-odatlar haqida mufassal maʼlumotlar berilganki, bu alohida ilmiy tadqiqotni talab qiladi, albatta.
Oʻz davrida ushbu nodir asarga S.P.Tolstov yuksak baho bergan edi: “Beruniyning dunyo xalqlarining sana hisoblari toʻgʻrisida hikoya qiluvchi “Al Osor al-Boqiya” degan dastlabki asarlaridan biri bizning zamonamizga qadar yetib kelgan. Xorazmlik olimning favqulodda koʻp narsani bilishidan dalolat beruvchi bu asari turli xalqlarning madaniyati, falsafasi, astronomiya va din toʻgʻrisda maʼlumot beruvchi chinakam xazinadir”.

Demakki, jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga oʻzining yirik ilmiy kashfiyotlari bilan salmoqli hissa qoʻshgan, Oʻrta Osiyo birinchi Uygʻonish (Renessans) davrining yirik namoyandasi, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi boy etnografik maʼlumotlar oʻzbeklarning tarixi, kelib chiqishi (etnogenezi), etnik tarixi va etnomadaniyatini yanada teranroq oʻrganib, yanada salmoqli va toʻlaqonli ilmiy-tadqiqotlar yaratishda eng qimmatli va noyob manbalardan biri sanaladi.
Durdona Rasulova
P/S:Maqoladan markaz rasmiy sayti havolasini koʻrsatgan holda foydalanish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilning oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi yuqori saviyada nishonlandi. Imom Termiziy ilmiy merosining mohiyati va bugungi kundagi ahamiyatini ochib berish hamda keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot, uning asarla...
BatafsilPrezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilning oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi yuqori saviyada nishonlandi. Imom Termiziy ilmiy merosining mohiyati va bugungi kundagi ahamiyatini ochib berish hamda keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot, uning asarlari tarjimasi va nashrga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Termizda bo‘lib o‘tgan Imom Termiziy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman dunyoning 10 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar Davlat rahbarining BMTning yuksak minbaridan turib ushbu anjumanni o‘tkazish haqidagi tashabbusi o‘z vaqtida bo‘lgani va bugungi kunda har doimgidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Anjumanda ishtirok etgan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi olim va tadqiqotchilari Mirzo Kenjabek, Najmiddin Fayoziy va boshqalar ham o‘z ma’ruza va loyihalari bilan qatnashib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qator ishlar xususida ham so‘z yuritishgan.
Imom Termiziy o‘zining hayotini, butun borlig‘ini, iqtidorini Islom dinining rivojiga, hadis ilmining ravnaqiga baxshida etgan. Hayotining asosiy qismi hadis to‘plash va rivoyat qilish bilan o‘tgan. Imom Termiziy chinakam olim, zohid sifatida kechayu kunduz ilm bilan, toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan. Manbalarda hayotining so‘nggi ikki yilida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgani haqida ma’lumotlar bor.
“Sharq Renessanslari fonemeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar, kashfiyotlar" — O‘zbekistondagi xalqaro madaniy meros haftaligida buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma haqida ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini saqlash,...
Batafsil“Sharq Renessanslari fonemeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar, kashfiyotlar" — O‘zbekistondagi xalqaro madaniy meros haftaligida buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma haqida ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati a’zosi, Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori, navoiyshunos olim Badriddin Maqsudov anjumandagi ma’ruzasida ma’lum qildi.
Olimning aytishicha, “Manoqibi Amir Temur Sohibqiron” deb nomlangan bu kitob Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, Amir Temur haqida ayni paytga qadar o‘nlab, ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar yaratilgan. Ular qatorida Amir Temurning o‘ziga nisbat beriladigan “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirxond va Xondamirning “Ravzatus-safo”, Ibn Arabshohning “Ajoyib ul-maqdur fiy navoibi Taymur”, Rui Gonzales Klavixoning “Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” singari o‘nlab asarlarni qayd etib o‘tish mumkin.
Amir Temur haqida o‘z davrida ham, undan keyin ham turkiy tilda ko‘plab asarlar yaratilgan bo‘lishi mumkin. Bizga qadar yetib kelgan hujjatlar orasida Amir Temurning turkiy tilda bitilgan yorliqlari ham mavjud.
Dushanbeda topilgan kitobning xotimasida hijriy 1027-yil rajab oyi sanasi qayd etilgan. Bu 1618-yilning iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Bu asarning ko‘chirilgan sanasidir, asarning o‘zi undan ham avval yozilgan bo‘lishi mumkin. Chunki, qo‘lyozmaning kolofonidagi mana bu bayt dastxat muallifga emas, kotibga tegishli ekanini bildiradi:
Garchi loyiq nist in xat dar kitob
Lek az bekori kardan behtar ast.
(Garchi bu xat ushbu kitobga munosib bo‘lmasa-da, lek bekorchilikdan yaxshiroq)
Shundan kelib chiqsak, bu kitob 1618-yilda emas, balki undan ham avvalroq yozilgan, degan xulosaga borish mumkin. Olimlar kitob muqaddimasidan muallif va u yashagan davrdagi hukmdor nomini ham aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Bu asarning bir qancha nusxalari Toshkentda ham saqlanadi. Xususan, “Og‘ozi dostoni Amir Temur Ko‘ragon” deb qayd qilingan qo‘lyozma ayni paytda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 112 varaqdan iborat bu qo‘lyozma Muhammadxoja ibn Ja’farxoja asarining keyingi davrlarda ko‘chirilgan nusxasi bo‘lishi mumkin.
"Manoqibi Amir Temur Sohibqiron" kitobi tarixiy ma’lumotlardan ko‘ra ko‘proq xalq orasida keng tarqalgan afsona va rivoyatlarga asoslangan. Buni asarda Amir Temur davrida yashamagan bir qator tarixiy shaxslarning unga zamondosh qilib ko‘rsatilganidan bilish mumkin. Shuningdek, Amir Temurning tug‘ilishi, jang manzaralari, shayxlarning karomatlari xalq kitoblaridagi mo‘jizakor harakatlarni yodga soladi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari tomonidan Dushanbedan topilgan bu noyob qo‘lyozmaning nusxasini taniqli tarixchi va manbashunos olimlarimiz yordamida chuqur tadqiq etish hamda kelgusida ushbu qo‘lyozmaning faksimile nusxasi va joriy alifbodagi matnini chop etish rejalashtirilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda ulug‘ muhaddis olim Imom Buxoriyning merosini o‘rganish va tadqiq etish, u kishi mangu orom topgan maskanni obod qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari har gal Samarqandga tashrifi chog‘ida ushbu tabarruk ziyorat...
BatafsilPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda ulug‘ muhaddis olim Imom Buxoriyning merosini o‘rganish va tadqiq etish, u kishi mangu orom topgan maskanni obod qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari har gal Samarqandga tashrifi chog‘ida ushbu tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib kelmoqda. Prezidentimiz topshirig‘iga asosan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va alloma nomi bilan ataluvchi majmuada qurilayotgan Imom Buxoriy inovatsion muzeyining kontentini yaratish bo‘yicha Turkiyaning "Outdoor Factory" kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy innovatsion muzeyi konsepsiyasini va dizaynini takomillashtirish, yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi.
Joriy yil 18-26-oktyabr kunlari yuqori saviyada o‘tkazilgan “Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzuidagi xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida mahalliy va xorijlik ekspertlar ishtirokida Imom Buxoriy innovatsion muzeyi taqdimoti o‘tkazilgani, shu bilan birga, innovatsion muzey pavilonlarining “Outdoor Factory” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan konsepsiyasi va dizayni hamda uni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilgani aytib o‘tildi.
Shu bilan birga, yig‘ilishda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, Din ishlari bo‘iycha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimovlar ishtirok etib, innovatsion muzeydan o‘rin oladigan har bir kontent ilmiy asoslanishi maqsadga muvofiq ekanligini aytib o‘tildi. Samarqanddagi Imom Buxoriy innovatsion muzeyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2022-yil 17-18-avgust kunlari Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyi bilan yaqindan tanishib qaytganlaridan so‘ng, 2022-yil 24-avgust kuni Imom Buxoriy majmuasi qurilishiga tashrifi davomida berilgan ko‘rsatmalari asosida barpo etilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tomonidan Imom Buxoriy majmuasi va uning tarkibidagi innovatsion muzeyini barpo etish borasida: “Imom Buxoriy bobomizning qadrini yanada ko‘tarish, jahonga baralla aytishga asos yaratish”, shuningdek, “Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yo‘li, o‘sha davr tarixini innovatsion axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatish xalqimizga yana bir ma’naviy xazina bo‘ladi” , - degan fikrlari asosiy maqsad qilib olingan.
Innovatsion muzey 9 pavilondan iborat bo‘ladi. Dastlab payg‘ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallam va boshqa payg‘ambarlar haqida ma’lumotlardan boshlab, Imom Buxoriyning hayoti, ilm yo‘li, uning buyuk fenomenal xotiraga ega ekani, fazilatlari, Imom-Buxoriy avlodlari haqida xronologik tarzda ma’lumot beruvchi videofilmlar namoyish etiladi. Qadimiy ashyolar, qo‘lyozmalar, muqaddas dinimiz tarixiga oid manbalar zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida namoyish etiladi. Muzeyga islomning ikkinchi yozma manbasi “Al-Jomi’ as-sahih” asarining qadimgi nusxalari qo‘yiladi. Bolalar 5 D shaklida uchar gilamga o‘tirib qadimgi davrlarga sayohat qilishi mumkin. Shuningdek, tomoshabinlar Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati, Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy islohotlar va Imom Buxoriy me’rosiga berilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.
Ishtirokchilarning fikricha, Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilgan ilmiy-ijodiy yig‘ilish Imom Buxoriy innovatsion muzeyi ekspozitsiyasi mazmunini boyitishda juda foydali bo‘ldi. Chunki bildirilgan fikrlar, taklif va mulohazalarda asosan o‘sha davr ruhini nafaqat innovatsion usullar bilan balki, eksponatlar bilan, Imom Buxoriy o‘qigan maktab va madrasalar maketlari, shaharlar ko‘rinishlari bilan namoyish qilishga qaratildi. Imom Buxoriyning buyuk alloma bo‘lib yetishishiga hissa qo‘shgan ustozlari, u bilan bir davrda yashab ijod qilgan muhaddislar va buyuk ajdodimiz shogirdlari haqida ham qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shish kerakligi ta’kidlandi.
Imom Buxoriy merosiga islom olamida juda katta qiziqish va hurmat bilan qaraladi. Shu bois, muzey ekspozitsiyasini boyitishda jahon tajribasini hisobga olish, Imom Buxoriyning ma’naviy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun islom olamining merosi ekanligi hisobga olinishi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida:
- Imom Buxoriy ordeni bilan taqdirlangan xalqaro va mahalliy mutasaddilar fotoekspozitsiyasini tashkil etish;
- Imom Buxoriy innovatsion muzeyi ekspozitsiyasi uchun tayyorlanadigan barcha tushuntirish matnlarini tayyorlash ishlarini yakuniga yetkazish;
- innovatsion muzey devoriy pannolarida aks etadigan inshootlar haqidagi ma’lumotlar, rasmlar, xaritalarni Toshkent arxitektura va qurilish institutidan olish;
- Yangi O‘zbekistonda Imom Buxoriy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar fotoko‘rgazmasini yaratish;
- Imom Buxoriy innovatsion muzeyi konsepsiyasiga Imom Buxoriyning izdoshlari va ular haqidagi ma’lumotlarni kiritish hamda ekspozitsiyada namoyish etish;
- bugungi kunda dunyoda Imom Buxoriy nomi bilan ataladigan kutubxonalar, muzeylar, universitetlar, filmlar, dasturlar, ilmiy markazlar va boshqalar mavjud, shu munosabat bilan, Muzeyda “Imom Buxoriy va dunyo” deb nomlangan alohida ekspozitsiya tashkil qilish lozim bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Mamlakatimiz tarixining turli davrlarida jahonshumul sivilizatsiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho me’moriy obidalar vujudga kelgan. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tengsiz madaniy meros namunalari insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ulardan bi...
BatafsilMamlakatimiz tarixining turli davrlarida jahonshumul sivilizatsiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho me’moriy obidalar vujudga kelgan. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tengsiz madaniy meros namunalari insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ulardan bizgacha yetib kelgan ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar bugun dunyoning turli nuqtalarida, xorij to‘plamlari, jamg‘armalari, kutubxona va muzeylarida saqlanmoqda. Ana shu boy va bebaho madaniy merosni o‘rganish yuzasidan qator vazirlik va idoralar, jumladan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Kunstkamera muzeyi fondlarida 19-asrga oid o‘lkamiz tarixi, madaniyati, insonlari, tarixiy obidalari fotosuratlari saqlanmoqda. Bu haqda poytaxtimizdagi Toshkent fotosuratlar uyida tashkil etilgan “19-asrda O‘zbekiston (Kunstkamera muzeyidagi V. Orden fotosuratlari)” ko‘rgazmasi tashkilotchilari turkiyalik taniqli olimlar - Yildiz Texnika universiteti Professori Ayshe Melek O‘zetgin va Anqara universiteti professori Ayshe Ersay Yuksel O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflari chog‘ida ta’kidlab o‘tishdi.
“Turkiston madaniyatining yuragi bo‘lgan bu o‘lkaga juda muhim sabab bilan keldik. Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekistondagi elchimiz ko‘magi bilan juda katta ko‘rgazma tashkillashtirdik. Biz “19-asrda O‘zbekiston (Kunstkamera muzeyidagi V. Orden fotosuratlari)” nomli kitob-albomni nashr qildik. Bu kitob uchun Rossiyaning eng eski imperatorlik muzeylaridan bo‘lgan Kunstkameradan joy olgan kolleksiyasiga oid O‘zbekiston suratlarini tanladik. Birinchi marta 19- asrga oid O‘zbekistonda suratga olingan 114 fotosuratlarni mazkur kitobda chop etdik”, - deya ta’kidladi Yildiz Texnika universiteti Professori Ayshe Melek O‘zetgin.
Bular O‘zbekistonning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, tarixiy xayotiga oid qimmatli ma’lumotlarni berishi mumkin.
Fransuz millatiga mansub fotosuratchi V. Orden 19-asrda Markaziy Osiyoda samarali faoliyat yuritgan. Butun Turkiston, Eron, Kavkaz hududlarini aylanib chiqqan. Qizig‘i Orden o‘zbek xonlarining saroylarida bo‘lib, u yerdan turli xil fotosuratlar olishga musharraf bo‘lgan. U O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Toshkent, Marg‘ilon, Andijon, Farg‘ona kabi shaharlarida bo‘lib, halqimiz hayoti, yashash tarzi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyimlari, tarixiy obidalar, masjidu madrasalarni mahorat bilan suratlarga muhrlagan.
V. Orden O‘zbekistonga kelishidan oldin Istanbulda bo‘lib Sulton Abdulhamidga Turkiston o‘lkalaridan olgan suratlarni sovg‘a tarzida taqdim etadi. Chunki suratlar Sultonning dunyoni ko‘rishi va bilishida ko‘prik vazifasini bajaradi. O‘z saroyida dunyoning 50 dan ortiq o‘lkalaridan olingan 38 mingga yaqin suratlarni jamlagan.
Mazkur fotosuratlar ko‘plab sohalarda ommaga tadbiq etilmagan kashfiyotlar va ma’lumotlar eshigini ochishi mumkin.
Turkiyalik olimlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, markaz xodimlari va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishishdi. Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari F.Halimov, ushbu markaz bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan megaloyiha ekanligi, O‘zbekiston zaminida yuz bergan sivilizatsiyalar, bu zamindan yetishib chiqqan buyuk allomalar merosini o‘rganish va targ‘ib etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilganini bildirdi.
“Hurmatli Prezidentimiz ushbu markaz eshiklari O‘zbekiston tarixi, madaniyati, boy madaniy merosini o‘rganayotgan barcha xorijlik olimlar va tadqiqotchilar uchun ochiq ekanini ta’kidlaganlar. Binobarin, biz bilan hamkorlik qilishni istagan barcha xorijlik hamkasblar, jumladan Siz bilan ham birga ishlashga, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz” - dedi F. Halimov.
Turkiyalik mehmonlar Toshkent shahrida bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosi bilan yaqindan tanishishdi. Bunday yirik loyiha turkiy dunyo uchun ham katta voqea ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini ko‘rsatib beradigan loyihalarni taqdim etishni bildirishdi.
Mehmonlar kelgusida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Islom sivilizatsiyasi markazi fondini shakllantirish, ularning tajribasidan foydalangan xolda hamkorlikda fotosuratlar bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining navbatdagi Kengaytirilgan Ilmiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatimiz asrlar davomida jahon ...
BatafsilO‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining navbatdagi Kengaytirilgan Ilmiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirishni maqsad qilgan.
Shu bois, Markaz tomonidan bir necha bosqichda uning kontentini boyitishda xorijlik va mahalliy olimlar ishtirokida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 18-26-oktyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi xamkorligida o‘tkazilgan «Sharq renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va sivilizatsiyalar» mavzusida xalqaro madaniy meros haftaligining asosiy maqsadi ham, Islom sivilizatsiyasi markazi konsepsiyasini boyitishda milliy va xorijiy olimlar hamkorligidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishni yangi bosqichga ko‘tarish, O‘zbekiston madaniy merosini xalqaro maydonda targ‘ib etishga qaratildi.
Islom sivilizatsiyasi markazining navbatdagi Kengaytirilgan Ilmiy kengashi yig‘ilishida dastlab, ushbu haftalik natijalari bo‘yicha yakuniy hisobot muhokama etildi. Ma’lum bo‘lishicha, haftalik doirasida o‘tkazilgan forumlar, konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlarda Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya, Yaponiya, Hindiston, BAA, Turkiya kabi 20 dan ortiq mamlakatdan 100 ga yaqini xorijlik ishtirokchilar tashrif buyurishdi. Mamlakatimizdan 200 nafardan ziyod olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Xorijiy ilmiy muassasalar, markazlar hamda tashkilotlarning rahbarlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jadallashtirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga oid 30 dan ortiq amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiyalarining asosini tashkil etuvchi 400 ga yaqin ilmiy va innovatsion loyihalar simpozium, konferensiyalarda muhokama etildi.
Tadbirda O‘zbekiston madaniy merosi durdonalariga bag‘ishlangan "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumining yangi 70 chi jildi taqdim etildi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston ilmiy nashrlari” va “Sharq va G‘arb: sivilizatsiyalar muloqoti” kabi 5 ta mavzuda 100 dan oshiq nomdagi kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etildi. “CNN” va “Euronews” xalqaro media kompaniyasi haftalikning bosh media hamkori sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirlar “CNN”, Euronews, “Rossiya-Kultura” telekanallari va 30 dan ziyod boshqa nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tadbirlarga 200 nafarga yaqin ommaviy-axborot vositalari va blogerlar jalb etilib, anjuman bo‘yicha ma’lumotlar 10 ta xorijiy tilda tarqatildi. Xorijiy ilmiy muassasalar, markazlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 20dan ziyod hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitishga qaratilgan ilmiy loyihalar va yangilangan konsepsiyani tasdiqlash, Markazning ishlab chiqilgan yangilangan ilmiy konsepsiyasi, ilmiy loyihalarini Vasiylik Kengashiga taqdim etish uchun tahrir xay’ati a’zolarini tasdiqlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbarining “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongressining ochilish marosimida uning ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida mohiyat e’tibori bilan o‘zida Vatanimizning shonli o‘tmishi, bugungi hayoti va buyuk kelajagini namoyon etishga xizmat qiladigan bu zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar o‘tkazish, dolzarb g‘oya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlangan.
Ilmiy kengash yig‘ilishini boshqargan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, markaz qurilishi va uning ekspozitsiyasini yangi mazmun bilan boyitish bilan bog‘liq ishlar bevosita davlat rahbarining doimiy e’tiborida ekanligini ta’kidladi;
-Hurmatli Prezidentimiz Islom sivilizatsiya markazini madaniy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan megaloyiha deb atadi. Shu jihatdan vatanimiz tarixi, madaniy merosi, sivilizatsiyalar va ularda muhim o‘rin tutgan shaxslarni, kashfiyotlarni endi bitta platformada birlashtirish zarur. Ayni paytda olimlar madaniy merosimizni o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha 200 ga yaqin loyihalar ustida ish olib bormoqda. Madaniy meros haftaligi doirasida yana 100 dan oshiq yangi loyihalar kelib tushdi. Ularni amalga oshirish uchun yurtimizdagi ixtisoslashgan ilmiy muassasalar olimlarini ham jalb etmoqchimiz. Preziyentimiz ta’kidlaganlaridek, Islom sivilizatsiyasi markazi muzey emas, doimiy ilmiy izlanishlar olib boriladigan haqiqiy ilm va ma’rifat maskani bo‘ladi. Biz markazning ikkinchi qavatida xalqaro tashkilotlar, xorijlik olimlarning ish olib borishlari uchun sharoitlar yaratamiz. Xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yganimizdan so‘ng, yangi kashfiyotlar paydo bo‘ladi.
Bahrom Abdualimov- O‘zFA vitse prezidenti, Sharqshunoslik instituti direktori, Kengaytirilgan ilmiy Kengash a’zosi
-Yarim yil davomida Islom sivilizatsiyasi markazi juda faollashdi. Bu g‘oya Prezident e’tibori bilan davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bois, milliy va xorijiy olimlarni birlashtirdi, degan e’tiroflarni xalqaro madaniy meros haftaligi ishtirokchilaridan eshitdik. Haqiqatdan ham, Islom sivilizatsiyasi markazi katta akademik g‘oyalar maskani, ilmiy-tadqiqot muasssaga aylanyapti. Yaqin-yaqingacha ham olimlar o‘rtasida markazning binosi tayyor bo‘p qoldi, lekin kontenti tayyor emas degan fikrlar bo‘lgan. Bu o‘sha paytlari qaysidir ma’noda asosli edi. Lekin, xalqaro madaniy merosi haftaligida ishtirok etgan Buyuk Britaniyadagi Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori Farah Ahmad Nizami markaz faoliyati bilan tanishib, binodan ko‘ra markaz kontenti rang-barang va boy ekanligini ta’kidladi. Yangi loyihalar ham bor. Biz ularni davlat buyurtmasi deb ham qabul qilishimiz kerak. Shu jihatlarni hisobga olsak O‘zFAning barcha yetakchi olimlari Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilishga, yangidan yangi loyihalar ustida ishlashga doim tayyor.
Markaz binosining qurilishidan tortib, uning ekspozitsiyasidan o‘rin oladigan eksponatlarni joylashtirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va uni namoyish etishgacha bo‘lgan jarayonlar vaqt va mablag‘ talab etadigan murakkabliklarga boy bo‘lgan bir jarayon. Shunday bo‘lsa-da, Prezidentimiz tomonidan olimlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar tufayli keng-ko‘lamli loyihalar amalga oshirildi. Ilgari olimlarimiz besh-o‘n yil ichida buncha loyiha ustida ishlay olmagan. Biz kam vaqt oralig‘ida ko‘p natijalarga erishayapmiz. O‘ylayman-ki, bir yil ikki yil ichida ushbu loyihalar o‘z samarasini beradi.
Akbar Hakimov- san’atshunos, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Kengaytirilgan ilmiy Kengash a’zosi
To‘rt oy ichida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi loyihalari 4 marotaba ilmiy ekspertizadan o‘tkazildi. Dastlab yurtimiz olim va mutaxassislari tomonidan va keyinchalik xalqaro darajaga olib chiqildi. Mana hozir bizda markaz ekspozitsiyasidan o‘rin oladigan ilm-fan ko‘rgazma pavilioni tayyor. Eng asosiysi barcha jarayonlarda, loyihalarni maromiga yetkazishda yosh mutaxassislar biz bilan faol ishlayapti. Bu quvonarlidir.
Rustam Shoabdurahmonov -O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha Direksiya direktori, Kengaytirilgan ilmiy Kengash a’zosi
-Majmua qurilishi hurmatli Prezidentimizning, hukumatimizning doimiy e’tiborida. Bino qurilishiga 30 ta vazirlik va idoralar jalb etilgan. Qurilishdan tashqari markaz mazmunini boyitish bo‘yicha olimlarimiz juda katta mehnat qilyapti. Shu paytgacha ajratilgan grantlar asosida olimlarning 29 ta kitobi chop etildi. Biz bundan keyin ham ularning ilmiy faoliyatini, madaniy merosimizni asrab avaylash, targ‘ib etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Yig‘ilish yakunida kengaytirilgan ilmiy kengash a’zolari tomonidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitishga qaratilgan kelajakdagi istiqbolli ilmiy loyihalar va yangilangan konsepsiya tasdiqlandi.
Toshkentda “Sharq renessansi fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va sivilizatsiyalar” mavzusida Xalqaro madaniy meros haftaligi o‘tkazildi. Ushbu noyob loyihaning natijalari qanday? O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommal...
BatafsilO‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtrish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov ushbu megaloyiha haqida gapirib berdi:
– Ma’lumki, bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda barcha sohalar qatori fan, ta’lim va madaniyatga, shuningdek, madaniy merosimizni o‘rganish va uni targ‘ib qilishga katta e’tibor berilmoqda.
Yetti yil muqaddam Prezidentimiz BMT minbaridan turib Islomning haqiqiy gumanistik mohiyatini jahon hamjamiyatiga yetkazish eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidlagan edi. 2017-yil 23-iyunda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi. 2018-yil iyun oyida Prezidentimizning shaxsan o‘zi Markazning birinchi ramziy tamal toshini qo‘ydi va "Bu markaz qurilishining maqsadi — islom ma’rifatini o‘rganish, buyuk ajdodlarimizning merosini, avvalo, xalqimiz va jahon hamjamiyatiga yetkazish", — deb ta’kidladi. Prezidentimizning shaxsan o‘zi Markazga bir necha bor tashrif buyurib, loyiha va qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Ta’kidlash joizki, Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘nga yaqin farmon, qaror va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Albatta, o‘tgan yetti yil mobaynida katta ishlar amalga oshirildi. Ammo bugun ushbu megaloyihani hayotga joriy etish uchun mahalliy va xalqaro olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning tajribasi va maslahatlari juda zarur.
Prezidentimiz bilan joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Markaz bilan hamkorlik qilish uchun mahalliy va xorijiy olimlarni, yirik ekspertlarni keng jalb qilish muhimligi ta’kidlandi va alohida topshiriqlar berildi.
Shu sababli biz shu yilning 3-4-iyulida O‘zbekistonning ilk milliy olimlar forumini tashkil etdik. Forumda 500ga yaqin sharqshunoslar, tarixchilar va san’atshunoslar ishtirok etdi. Anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazining maqsad va vazifalari, kelajakdagi rejalari hamda boshqa davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi. Ikki kun davomida ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari va loyihalarini taqdim etib, 600 dan ortiq taklif va mulohazalar bildirdi. Forum yakunlari bo‘yicha yetakchi olimlardan iborat kengaytirilgan ilmiy kengash tasdiqlandi. Forumda xorijiy ekspertlarni jalb etish orqali Markaz faoliyati mazmunini boyitish maqsadida yirik xalqaro konferensiyani tashkil etish taklifi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
23-26-avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida «Ajdodlarimizning buyuk merosi — Uchinchi Renessans asosi» mavzusida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining 8-xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongressda 40 ga yaqin davlatdan 350 dan ortiq olimlar va ekspertlar ishtirok etdi. Kongress Markaz faoliyatini boyitish, uning kelajak faoliyati yo‘nalishlarini belgilash va hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.
Prezidentimiz kongress ishtirokchilariga tabrik yo‘llaganini alohida ta’kidlash joiz. Tabrikda barcha olimlar va mutaxassislarni O‘zbekistonning haqiqiy do‘stlari deb atab, ularning ilmiy va ijodiy faoliyatini yuksak baholadi. O‘z navbatida, kongress ishtirokchilari Prezidentga murojaat yo‘llab, ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik izhor qilishdi va Markazni tashkil qilish ishlarida faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Kongress yakunlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Biz bir blokdan ikkinchisiga o‘tishda Uyg‘onish davri orasidagi o‘tish davrlarini aks ettiradigan immersiv shou sifatidagi "Vaqt kapsulasi" deb nomlangan loyihadan foydalanishni taklif qilamiz. Bu loyihada bizga Rossiyaning Aleksandr Us rahbarligidagi "Sila sveta" studiyasi va Turkiyaning Sinan Turaman boshchiligidagi "Outdoor Factory" kompaniyasi ijodiy guruhi yordam bermoqda.
Albatta, bu megaloyihani amalga oshirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishni maqsad qilganmiz. Yaqinda Qozonda bo‘lib o‘tgan global BRIKS sammiti doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Sberbank» aksiyadorlik jamiyati prezidenti German Gref bilan uchrashuv o‘tkazib, Toshkentda «21-maktab» ta’lim muassasasining ikkinchi kampusi ish boshlaganidan mamnunligini bildirdi. Bu muassasa raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
Bizning tadbirlarimizda «Sberbank»ning xalqaro bo‘limi rahbari Oleg Kapitonov ham ishtirok etdi. Biz ular bilan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda, ilmiy matnlarni dunyo tillariga tarjima qilishni yaxshilash va avtomatlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdamiz.
Ma’lumki, Markaz YUNESKO, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO), Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi.
Maqsad mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, musulmon Renessansi davrida fan, madaniyat, san’at va me’morchilik rivoji haqida keng ma’lumot berish, shuningdek, samarali dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqot tashkil etishdir. Shu sababli, Markazimizning ikkinchi qavatida xalqaro tashkilotlar va tadqiqotchilar uchun ofislar va vakolatxonalar uchun joy ajratilgan bo‘lib, bu mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yetti yil davomida Markazda ma’lum darajada qo‘lyozmalar va artefaktlar kolleksiyasi to‘plandi. Alisher Usmonov tomonidan Markazga sovg‘a qilingan noyob qo‘lyozmalar va kitoblardan iborat noyob kutubxonani alohida ta’kidlash joiz.
Shu bilan birga, biz jahon auksionlaridan madaniy merosimizga bevosita aloqador bo‘lgan ashyolar va qo‘lyozmalarni sotib olish ishlarini davom ettiramiz. Biz shuningdek, turli milliy muzeylar va institutlardan o‘z omborlarida foydasiz saqlanayotgan tarixiy kolleksiyalarni biz bilan bo‘lishishlarini so‘rab murojaat qilamiz. Dunyodagi turli jamg‘armalarda saqlanayotgan artefaktlar va qo‘lyozmalarning nusxalarini yaratish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Shu maqsadda yuqori sifatli faksimil nashrlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Myuller end Shiller» kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdik. «Myuller end Shiller» kompaniyasi vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm bilan hamkorlikda O‘zbekiston bilan bog‘liq 100 ta noyob qo‘lyozma faksimillarini nashr qilish ustida ish olib bormoqdamiz.
Biz eksponatlar nusxalarini deyarli aslidan farq qilmaydigan darajada yaratish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan Rossiya Davlat Ermitajining ilmiy laboratoriya boshlig‘i Igor Malkiyelga minnatdorchilik bildiramiz.
Markazimiz faoliyatining asosiy mazmuni, albatta, mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan ko‘p yillar davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari hisoblanadi. Bugun ularga murojaat qilib, hamkorlikka tayyorligimizni bildiryapmiz. Markazimizdagi barcha ekspozitsiyalarda buyuk sivilizatsiyalar, davrlar, kashfiyotlar va albatta, insoniyat va yurtimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar bilan bog‘liq asosiy mavzular belgilab olindi.
Masalan, Yaponiyadan mashhur olim, numizmatika bo‘yicha mutaxassis doktor Sergey Laptev Markazni numizmatika kolleksiyalari bilan to‘ldirish loyihasini amalga oshirmoqda. Haftalik davomida Sergey Valeryanovich qiziqarli taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Pamukkale universiteti professori Mahmudo Yazidji Imom Buxoriyning 825-yillik «Sahihi Buxoriy» qo‘lyozmasi haqida so‘zlab berdi, bu qo‘lyozma ularning o‘quv muassasasida saqlanmoqda.
Germaniyalik mashhur sharqshunos Aysima Mirsulton Boburiylar davrida yaratilgan va turkiy tilda yozilgan noyob albomlar topilgani haqida ma’lumot berdi. Bu topilmalar Boburiylarning Vatanidan olisda yashaganiga qaramay, o‘z madaniyatiga, tarixiga va ona tiliga sadoqatlarini namoyon etadi. Biz ushbu noyob nashrning faksimilini birgalikda nashr qilishga qaror qildik.
London Arxeologiya instituti ilmiy xodimi Milyana Radivoyevich va uning jamoasi Buyuk ipak yo‘li va Axsikentda metallurgiya tarixi bo‘yicha tadqiqot loyihasini amalga oshirmoqda.
Rossiya Fanlar akademiyasining Tarix instituti ilmiy xodimi Nigora Dvurechenskaya Surxondaryodagi Uzundara arxeologik yodgorligini restavratsiya qilish loyihasini taqdim etdi. Rossiya arxeologiya va etnografiya institutidan Irina Arjanseva Xorazmning qadimgi sivilizatsiyasi bo‘yicha tadqiqotlarini namoyish qildi.
Tojikiston Milliy universiteti professori Badriddin Maxsudov Amir Temur hayoti haqida turkiy tildagi birinchi qo‘lyozmalardan biri bo‘yicha tadqiqot loyihasini taqdim etdi.
Tadbirda Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) direktori Mahmud Erol Qilich ham ishtirok etib, o‘zbek zamini olimlari ensiklopediyasini yaratish tashabbusini ilgari surdi. TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev rahbarligida turk dunyosi mamlakatlarining raqamli platformasini yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Turkiya Qo‘lyozmalar boshqarmasi rahbari Joshqun Yilmaz bilan O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq qo‘lyozmalarning raqamli nusxalarini taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Birlashgan Arab Amirliklarining «Manara» markazi raisi Baxit Rumeysi 10 nafar xodimimizni gid sifatida amaliyot o‘tash uchun taklif qildi.
Biz uchun medialoyihalar ham juda muhim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Tirik tarix» dasturining taqdimotida buyuk ajdodlarimiz va tariximiz haqida hikoya qiluvchi kino loyihalar namoyish etildi. Bu ishni O‘zbekiston Kinematografiya agentligi amalga oshirmoqda va biz ushbu muhim loyihada ishtirok etishga tayyormiz.
Biz ko‘plab xalqaro kinostudiyalar va telekanallar bilan hamkorlik o‘rnatdik. Xususan, «TRT-Avaz» bilan «Turklar davri» medialoyihasi, «Rossiya-Kultura» telekanali bilan O‘zbekiston arxeologiyasiga bag‘ishlangan o‘n qismdan iborat hujjatli film ustida ishlayapmiz. «BBC» bilan Qur’onningO‘zbekiston bilan bog‘liq qo‘lyozmalariga bag‘ishlangan maxsus loyiha taqdim etmoqchimiz. Shuningdek, CNN va Euronews telekanallari bilan Yangi O‘zbekiston va mamlakatimiz tarixi haqidagi kontentlarni yaratish va joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdik.
Umuman olganda, Madaniy meros haftaligi doirasida 30 dan ortiq konferensiya, seminar, forum, ko‘rgazma va taqdimotlar tashkil etildi. O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixi va madaniyatini o‘rganayotgan mahalliy va xorijiy olimlarning 250 ga yaqin ma’ruzalari va mualliflik g‘oyalarini tingladik. 20 ga yaqin hamkorlik memorandumlari imzolandi, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan 100 dan ortiq qo‘shma loyihalar taqdim etildi.
Albatta, taqdim etilgan loyihalar hali yakunlangan emas. Ularni amalga oshirish uchun o‘nlab olimlar va mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, tegishli muassasalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur. Biz har qanday obyektiv taklif va e’tirozlarga ochiqmiz.
Albatta, muayyan loyihalar olimlar o‘rtasida bahs va qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, ammo shuni ishonch bilan ayta olamanki, so‘nggi qaror O‘zbekiston olimlarining milliy forumida barchamiz saylagan ilmiy kengashga bog‘liq.
Ishonamizki, Xalqaro madaniy meros haftaligi barchamizga foydali va yorqin daqiqalarni baxsh etdi. Ishonamanki, bildirilgan fikrlar, g‘oyalar va loyihalar kelajakda o‘z samarasini beradi. Biz ko‘plab foydali tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish uchun kuch va imkoniyatlarni birlashtiramiz.
N.Usmonova tayyorladi,
O‘zA
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk allomalar siymosini yaratish loyihalari va ularni xalqaro darajada ommalashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida loyihalar taqdimoti hamda ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari ...
BatafsilO‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk allomalar siymosini yaratish loyihalari va ularni xalqaro darajada ommalashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida loyihalar taqdimoti hamda ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari tomonidan yaratilgan 30 ta ijodiy ish xorijiy va o‘zbekistonlik olimlar, san’atshunoslar, Kengaytirilgan ilmiy kengash a’zolari, xalqaro ekspertlar hukmiga havola etildi.
Taqdimot doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
N.Usmonova,
O‘zA
Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro madaniy meros haftaligi” doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Forumni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kirish nutqi bilan ochib berib, mavzu yuzasidan taqdimot q...
BatafsilYoshlar ijod saroyida “Xalqaro madaniy meros haftaligi” doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Forumni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kirish nutqi bilan ochib berib, mavzu yuzasidan taqdimot qildi. Vazir o‘z nutqida e’tirof etganidek, bizning ajdodlarimiz hamisha jaholatga qarshi ma’rifat bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va salohiyatini ilm-fan, madaniyat rivojiga bag‘ishlaganlar. Bu tabarruk zamindan Xorazmiylar, Farg‘oniy, Beruniy yoki Zamahshariylar o‘z-o‘zidan yetishib chiqmagan. Navoiy yoki Bobur Mirzo birdaniga buyuk shoir bo‘lib tug‘ilib qolmagan. O‘sha davrlardagi ilmiy-madaniy muhit jamiyatga ayni mana shunday buyuk shaxslarni, dunyo tan olgan olimu fuzalolarni yetishtirib bergan. Shu ma’noda, bugun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot rivojiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. – “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetini yuksaltirish, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikni mustahkamlash yo‘lida izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda – dedi Ozodbek Nazarbekov. Forumda xalqaro tashkilotlardan TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimkulova va boshqalar o‘zlarining qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga, forumda IKOMOS eksperti Kristina Iamandi hamda Fransiya shaharsozlik universiteti katta eksperti Erik Xyubert onlayn tarzda ishtirok etdi. – Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonning me’mori sifatida uzoqni ko‘zlab amalga oshirayotgan ishlari — mamlakatni suratan va siyratan yangilash, dunyoda uning yangi imijini yaratish, xalqni azaliy orzulari ro‘yobi sari yetaklash hamda milliy qadriyatlardan suv ichgan demokratik islohotlar o‘zbekistonliklarning nafaqat hayotini, balki ongu tafakkurini ham o‘zgartirmoqda, desak, ayni haqiqat, – dedi TURKSOY bosh kotibi, taniqli adib va publitsist Sulton Rayev. – Olib borilayotgan konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda hamda turkiy dunyoda azaliy o‘rnini qayta tiklashi va mustahkamlashida muhim o‘rin tutmoqda. O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirganidan so‘ng barcha sohalar singari TURKSOY faoliyati doirasidagi hamkorlik aloqalari ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Barcha a’zo davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham turkiy mamlakatlar madaniyati va san’ati kunlari, yoshlar va teatr festivallari, ijodiy forumlar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” xalqaro forumi doirasidagi dasturdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Tirik tarix” loyihasi taqdimoti, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi tomonidan chop etilgan “Turkiy tilli davlatlar milliy musiqa cholg‘ulari” kitobi taqdimoti, O‘zbek milliy cholg‘ulari ko‘rgazmasi hamda “Cho‘lpon” spektakli namoyishi ham o‘rin olgani e’tiborli. Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri
Xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida Aбу Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Aсрлар xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozmalari merosi” nomli xalqaro sharqshunoslar forumi va eksklyuziv koʻrgazma tashkil etildi.
BatafsilXalqaro madaniy meros haftaligi doirasida Aбу Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Aсрлар xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozmalari merosi” nomli xalqaro sharqshunoslar forumi va eksklyuziv koʻrgazma tashkil etildi.
Eksklyuziv koʻrgazma dunyodagi eng boy qoʻlyozma fondlardan biri saqlanadigan Aбу Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida tashkil etildi. Fond bu yerdagi noyob durdonalar soni, mavzu, til va davriy xilma-xilligi, oʻziga xos kitob ziynati bilan ham mashhur. U 2000 yilda YUNESKOning “Jahon xotirasi” roʻyxatiga kiritilgan. Bugungi kunda ushbu fondda arab yozuvidagi 26 mingdan ziyod qoʻlyozma va 40 mingga yaqin bosma kitob va 5000 dan ziyod tarixiy hujjatlar mavjud.
Boburiylar hukmdori, Buyuk Akbarning o‘g‘li Jahongir (1569-1627)ning muraqqasi, ya’ni rasmli albomi deya ta’rif berilayotgan mazkur 120 varaqlik noyob topilma Hindistonda 1650 yillarda chiqarilgan va keyinchalik Yevropaga olib ketilgan. Qiziq tomoni shundaki, albomda Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro...
BatafsilBerlin davlat kutubxonasi saqlanayotgan Boburiylarga oid mazkur hashamatli albomning bir tomonida g‘azallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan.
Boburiylar hukmdori, Buyuk Akbarning o‘g‘li Jahongir (1569-1627)ning muraqqasi, ya’ni rasmli albomi deya ta’rif berilayotgan mazkur 120 varaqlik noyob topilma Hindistonda 1650 yillarda chiqarilgan va keyinchalik Yevropaga olib ketilgan. Qiziq tomoni shundaki, albomda Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning g‘azallari turkiy tilda yozilgan.
- Agar Boburiylar o‘zini mo‘g‘ul deb hisoblaganda albom ham mo‘g‘ul tilida yozilgan bo‘lardi. Bu esa Boburiylarni jahon tarixchilari mo‘g‘ullar deya atashini qayta taftish qilish kerakligini anglatadi, - deya fikr bildirgan Berlin davlat kutubxonasi Markaziy Osiyo bo‘limi ilmiy xodimi Aysima Mirsultan.
Boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega bo‘lsa-da, hech qachon o‘z ota-bobosini, millatini, tilini unutmagan. Saroyda forscha, hindcha yoki boshqa tilda gaplashgan bo‘lishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda ko‘plab turkiy qo‘l yozmalar ko‘chirilgan. Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan bo‘lsa, qolgan 100ga yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi ma’lum qilindi.