Ben Kingsli islom sivilizatsiyasi daholari haqida butun dunyoga soʻzlaydi



 

Euronews, BBC va CNN xalqaro telekanallari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida “Oskar” mukofoti sohibi  Ben Kingsli ishtirokida suratga olingan roliklar namoyishini boshladi. “Maʼrifat aks-sadosi” turkum filmlarida u yurtimizning buyuk daholari — Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Navoiy va Amir Temur haqida butun dunyoga hikoya qiladi. Maxatma Gandi, Ibn Sino hamda “Fors shahzodasi” filmida Nizom obrazlarini yaratgan afsonaviy aktyor Sharqning ulugʻ merosi ovoziga aylandi.

 

“Maʼrifat aks-sadosi” — bu buyuk sivilizatsiyalar ovozidir. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Oʻzbekiston bugun jahon tamaddunining taraqqiyot yoʻlini oʻzgartirgan buyuk siymolarni dunyoga yana bir bor eslatmoqda. Biz buyuk shaxslar, sivilizatsiyalar va kashfiyotlar haqida — dadil, yorqin va zamonaviy tarzda soʻzlash, dunyoni ilhomlantirish niyatidamiz”, — deydi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori va WOSCU raisi Firdavs Abduxoliqov.