Temuriylar davriga oid “yulduzlar bashorati”
🔴 Iskandar Mirzoning sirli toleʼnomasi
🔴 Astrologiya, kitobat va siyosat – Temuriylar davrida qanday uygʻunlashgan?
Yulduzlar odamlarni azaldan oʻziga rom qilib kelgan. Mangu xaritalar, osmon harakatlari va kelajakni bashorat qilish insonlarni har doim qiziqtirgan. Bu qiziqish Temuriylar davrida ham juda yuqori boʻlgan.
Iskandar Sulton Mirzo (1384–1416) — Temuriylar sulolasidan chiqqan yirik davlat arbobi, Umarshayx Mirzoning oʻgʻli va Amir Temurning nabirasi boʻlgan. U Isfahon, Sheroz va Yazdni boshqargan, shu bilan birga ilm-fanga, ayniqsa astrologiyaga katta qiziqish bildirgan.
Astrologiya ildizlari miloddan avvalgi II ming yillikda Mesopotamiyada paydo boʻlgan. Keyin Bobilda 12 burj tizimi shakllanib, yunon anʼanalari bilan uygʻunlashgan holda shaxsiy bashoratlar tizimi yaratildi. Bu ilmiy gʻoyalar Temuriylar saroylarigacha yetib kelib, hukmdorlar hayotida muhim oʻrin tutgan.
Iskandar Sulton Mirzoga tuzilgan shaxsiy yulduznoma — bu shunchaki bashorat emas. U astronomiya, astrologiya va kitobat sanʼatini uygʻunlashtirgan, oʻziga xos noyob asar hisoblanadi. Sharqda sulton va amirlar taqdirini yulduzlar bilan bogʻlash anʼanasi keng tarqalgan boʻlsa, XIV–XV asrlarda Yevropa qirolliklarida ham shu odat rivojlangan.
Bugun esa ushbu yulduznoma Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining “Oʻzbekiston qoʻlyozma merosi durdonalari” kitob-albomidan munosib oʻrin oldi. Bu asar nafaqat tarixiy hujjat, balki Temuriylar davri ilm-fani va estetik didi guvohidir.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
